O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro mehnat tashkilotining COVID-19 davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

09.07.2020SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

JENEVA, 9-iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning COVID-19 davrida Mehnat munosabatlari bo‘yicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

O‘zbekiston Elchisi Hindiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

09.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 8-iyul kuni Hindiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Elchisi Dilshod Axatovning Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Bunday xatarli ofatga aslo beparvo qarab bo‘lmaydi

08.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ukraina Elchisi bilan uchrashuv

08.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashdi.

Koreya Milliy assambleyasi spikerining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

08.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seulga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikerining o‘rinbosari Kim Sang Xi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Belgiya TIV bosh direktori bilan muzokaralar to‘g‘risida

08.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov videokonferensaloqa formatida Belgiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama masalalar bo‘yicha bosh direktori Anik Van Kalster bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

08.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Kumamoto va Kagosima prefekturalarida ro‘y bergan tabiiy ofat tufayli ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.

Afgʻoniston boʻyicha “Tinchlik uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusidagi videokonferensiya toʻgʻrisida

07.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afgʻoniston boʻyicha “Tinchlik uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusidagi onlayn videokonferensiyada ishtirok etdi.

Bank sohasida strategiya ijrosi va transformatsiya jarayoni muhokama qilindi

06.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidentini yubiley bilan tabrikladi

06.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Pokistonning Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv

06.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston Islom Respublikasining Muvaqqat ishlar vakili Vasim Shahzad bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSh Prezidentiga tabrik yo‘lladi

04.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidentini tabrikladi

04.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Yaponiya, Janubiy Koreya va BAA bilan iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

03.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni mamlakatimiz investitsion va tashqi savdo faoliyati prognoz ko‘rsatkichlarining joriy yil I yarmidagi ijrosini muhokama qilishga, shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ustuvor qo‘shma loyihalarning borishini hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan videoanjuman tarzida yig‘ilish o‘tkazdi.

Ukraina Elchisi bilan uchrashuv

02.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Nikolay Doroshenkoni qabul qildi.

Hindiston Elchisi bilan muzokaralar to‘g‘risida

02.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

“C5+1” shaklidagi yuqori darajadagi uchrashuv to‘g‘risida

01.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Markaziy Osiyo – AQSh” (“C5+1”) videokonferensiyasida ishtirok etdi.

Odil sudlovni ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurash muhokama qilindi

01.07.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyun kuni odil sudlovni ta’minlash va korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xitoy Elchisi bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

30.06.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan telefon orqali muloqot qildi.

AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv

30.06.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 30-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi.