O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Elchisi bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2020-06-30 | Siyosat
2020-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar bo‘jalak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari bo‘yicha ham fikr almashdilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi