O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pokistonning Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv
2020-07-06 | Siyosat
2020-yil 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston Islom Respublikasining Muvaqqat ishlar vakili Vasim Shahzad bilan uchrashdi.
Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat va xalqaro hamjamiyatning afg‘onlararo muzokaralar jarayonini boshlashga ko‘maklashishga qaratilgan sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Pokiston tomoniga O‘zbekistonning Afg‘oniston muammosini hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, mamlakatimizning Afg‘onistonni iqtisodiy tiklash bo‘yicha siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi