O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH elchisi bilan uchrashuv
2017-04-18 | Siyosat
2017-yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chog‘ida 2017-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli darajalardagi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi