O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining SHHT TIVK yig‘ilishidagi ishtirokiga doir
2017-04-18 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Yig‘ilish 2017-yilning 20-21-aprel kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Ostona shahrida bo‘ladigan ShHT Sammitiga va Qozog‘iston raisligi doirasidagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining Ostona shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi