O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘mon TIV Bosh kotibi bilan uchrashuv va ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarga doir

2017-04-20 | Siyosat

2017-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga ikki tomonlama muzokaralarda ishtirok etish uchun kelgan O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat avvalida mamlakatlarimizda 22-aprel kuni nishonlanadigan O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan tomonlar bir-birlarini tabrikladilar.

Uchrashuvda barcha sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdan tomonlar manfaatdorligi hamda buning uchun zarur salohiyat mavjudligi qayd etildi. Ushbu masalalar O‘monning Toshkentdagi elchixonasi va tez orada Maskatda ochiluvchi O‘zbekiston elchixonasi faoliyatining asosi bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘zbekistan Fanlar Akademiyasi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining O‘mon moliyaviy va konsultativ ko‘magi asosida qurilib, jihozlanayotgan yangi binosi madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomonlama samarali aloqalarning yorqin timsoli ekanligini e’tirof etildi.

Suhbat davomida xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari ham muhokama qilindi.

Shu kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-O‘mon vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi doirasida ikki tomon kun tartibining asosiy masalalari turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga o‘zaro qiziqish mavjudligi nuqtayi nazaridan batafsil muhokama qilindi.

Maslahatlashuvlarda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport koridori mexanizmlarining ishga tushirilishi nuqtayi nazaridan transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirlarda O‘mon Elchisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavatiy ishtirok etdi.

Поделиться