O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi

2017-04-21 | Siyosat

2017-yil 19-aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Parij bitimini O‘zbekiston tomonidan rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bitim 2015-yil 12-dekabr kuni BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi tomonlarining 21-konferensiyasi doirasida qabul qilingan.

Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakatimizning AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Gulyamov imzoladi.

Bitim imzolangach, uning asl nusxasi tashkilot Depozitariyi – BMT Bosh kotibiga saqlash uchun topshirildi.

Parij bitimi atmosferaga is gazlari chiqindilarini kamaytirish va global o‘rtacha harorat darajasi o‘sishini cheklash orqali iqlim o‘zgarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi jahon hamjamiyati sa’y-harakatlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan.

O‘zbekistonnini Parij bitimini imzolaganlar ro‘yxatiga kirganligi haqidagi axborot BMT Kotibiyati tomonidan a’zo davlat o‘rtasida tarqatilib, tashkilotning Yuridik boshqarmasi rasmiy saytida hamda BMT jurnalida e’lon qilindi.

Поделиться