O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonga O‘mon TIV delegatsiyasining tashrifiga doir
2017-04-18 | Siyosat
2017-yilning 19-aprel kuni O‘zbekistonga O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi Badr bin Hamad al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiya keladi.
Uch kunlik tashrif davomida O‘mon delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tomonidan qabul qilinadi hamda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi savdo vazirligida ham muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.