O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda tramvay qatnay boshladi

2017-04-15 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurganida Samarqand shahrida transport tizimini yanada yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. Aholiga qulaylik yaratish hamda shahar atrof-muhiti musaffoligini ta’minlash borasida zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish zarurligi ta’kidlagandi.

Ushbu ezgu maqsadni amalga oshirish yuzasidan o‘tgan qisqa vaqt ichida tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tramvay qatnovini yo‘lga qo‘yish maqsadida shahar ko‘chalarida po‘lat izlar yotqizildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Samarqand shahrida Temiryo‘l vokzali – Sartepa yo‘nalishi bo‘yicha tramvay qatnovi yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. 

Davlatimiz rahbari "Tarix muzeyi" bekatidan "Temir yo‘l vokzali" bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi. Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimiz hududlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z bordi. 

Ikki tomonlama qatnovga mo‘ljallangan yo‘lda elektr bilan ta’minlovchi to‘rtta podstansiya va bitta depo qurildi. Temir yo‘l vokzali bilan Sartepa o‘rtasi 6,4 kilometrni tashkil etadigan yo‘nalishda 8 tramvay harakatlanadi. 

Prezidentimiz tramvaylarni boshqarish uchun malakali haydovchilar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerakligini alohida ta’kidladi. 

Samarqand shahrida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha 20 tramvay qatnovi amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur yo‘nalishdan tashqari kelgusida Temir yo‘l vokzali – Siyob dehqon bozori, Temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Kimyo zavodigacha, Temir yo‘l vokzalidan Narpay ko‘chasi orqali Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha tramvay liniyalari ochiladi. 

 
Abu Bakir O‘rozov, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться