O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya Elchisi bilan uchrashuv

2019-09-04 | Siyosat

2019-yilning 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yoshinori Fujiyamani qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib ola turib, Vazir Elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan tabrikladi, unga samarali faoliyat ko‘rsatishini tiladi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro anglashuvning yuqori darajasi, hamkorlikning joriy kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha qarashlarning mos kelishi va yondashuvlarining yaqinligi e’tirof etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyion hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatning mavjudligi hamda mazkur yo‘nalishdagi munosabatlarni kuchaytirishga o‘zaro qiziqishning borligi qayd etildi.

Uchrashuvda Yaponiyaga bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tashriflarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Rejalashtirilgan uchrashuvlar O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini faollashtirishga xizmat qilishiga va ikki tomonlama munosabatlarning butun kompleksiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.

Поделиться