O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iordaniya Elchisi bilan uchrashuv
2019-09-04 | Siyosat
2019-yilning 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlari kun tartibining barcha jabhalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun siyosiy sohada qulay sharoit shakllantirilgani qayd etildi.
Ammon shahrida bo‘lib o‘tadigan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi, ta’kidlanganidek, munosabatlarning eng istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga va umumiy sa’y-harakatlarni ularni amalga oshirish uchun yo‘naltirishga imkon beradi.
O‘zbekiston-Iordaniya muloqotini yanada institutlashtirish bo‘yicha aniq takliflar yuzasidan ham fikr almashildi.