O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi to‘g‘risida

2019-09-04 | Siyosat

2019-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat 2018-yil 13-sentabr kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.

Mazkur hujjat bojxona qonunchiligi buzilishini oldini olish, surishtirish va unga qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Ushbu Bitim doirasida ikki mamlakat bojxona organlari ularning hududlarida amaldagi bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalanilgani yoki foydalanilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot yoki shubha mavjud bo‘lgan shaxslar, tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida bir-birlariga ma’lumot taqdim etadilar.

Bitim ikki mamlakat bojxona organlari hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish hamda bojxona huquqbuzarligini oldini olish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlashga imkon beradi. 

Поделиться