O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mobil kamera sinovdan o’tmoqda
2019-11-07 | Texnologiyalar
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash yo’nalishidagi ishlar samaradorligi oshirish maqsadida tasdiqlangan “Yo’l-patrul xizmati xodimlarining yo’l harakati qatnashchilari bilan o’zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to’g’risida”gi qaroriga asosan YPX inspektorlari o’z xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishlari belgilandi.
Mobil videokamera bilan ishlash jarayonida xodim yo’l harakati qatnashchisini to’xtatganidan keyin uning oldiga borishi, o’zini tanishtirishi, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot berishi, uning talabiga ko’ra ko’krak nishon belgisini ma’lum qilishi va xizmat guvohnomasini ochiq holda ko’rsatishi kerak. Eng muhimi, yo’l harakati qatnashchilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilishi va kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlash uchun undagi video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirishi lozim.
Hozirgi kunda Toshkent shahrida mobil videokameralarni test rejimida sinovdan o’tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Sinov davomida kameralar turli ob-havo sharoitlarida, turli ko’rinishlarda, har xil xolatlarda va vaziyatlarda ishlatib ko’riladi.
Sinov tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar esa kameralarni ishlab chiqaruvchilariga etkazildi va bartaraf etiladi. Shuningdek, ma’lumotlarni saqlash qurilmalari, dasturiy ta’minot ham sinovdan o’tkaziladi. Ertaga yo’llarda turli kelishmovchiliklar va ziddiyatlar, baxs munozaralar kelib chiqmasligi aynan mana shu qurilma hamda dasturiy ta’minotning to’g’ri va aniq ishlashiga bog’liq.
Aytishga osondek bo’lib ko’ringan bu vazifalar zamirida katta mehnat turibdi. Chunki, har qanday yangilikni joriy etish osonlik bilan amalga oshmaydi.
Mobil videokameralarni ishga tushirilishi birinchi navbatda shu soxa vakillari uchun zarur. Sababi, kameralar orqali vaziyatni doimo nazorat qilib turish imkoniyati oshadi. Nazorat kuchaytirilgan joyda esa boshqa xolatlar kelib chiqmaydi. Kameralar oqni oq, qorani qora qilib ko’rsatib beradi. Shu sababli barcha harakat ishtirokchilarini “Yo’l harakati qoidalari”ga qat’iy amal qilishga chaqiramiz.