O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand va Sakarya shahri o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqchi
2019-11-18 | Siyosat
Turkiya davlatining atrof-muhit va shaharsozlik vaziri o‘rinbosari Mujohid Demirtosh boshchiligidagi “Turk Dunyosi loyihalari festivali va mahalliy boshqaruvlar seminari” vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi.
Delegatsiya a’zolari dastlab, Payariq tumanidagi Imom al Buxoriy majmuasi hamda shahrimizdagi diqqatga sazovor maskanlarda bo‘lishdi. Shuningdek, tashrif davomida Samarqand shahar hokimligida ham uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro fikr almashib, kelgusida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat ta’lim, san’at, sport va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga oid rejalari bilan o‘rtoqlashishdi.