O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aqlli hisoblagichlar elektr energiyasi haqi to‘lovini 99% gacha oshirdi
2019-11-08 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida shu yil 6-noyabrda mamlakatimizda ASKUE tizimini joriy etish bo‘yicha asosiy hamkor hisoblangan Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi bilan ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Elektr energiyasi iste’moli hisobini yuritish va nazorat qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish” investitsiya loyihasining amalga oshirilishi Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi sinov loyihalaridan boshlanib, mamlakat bo‘ylab bosqichma bosqich davom etmoqda. Hozirgi kunda elektr energiya sarfini hisoblash bo‘yicha “aqlli hisoblagichlar” deb ataladigan zamonaviy asboblarning o‘rnatilishi O‘zbekiston poytaxtida ham amalga oshirilmoqda.
«KT Corporation» vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etildiki, sinov loyihasini amalga oshirish davomida iste’molchilardan foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq to‘lash darajasi 99% gacha o‘sdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hisoblash asboblariga ular o‘rnatilganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish, ASKUE tizimiga va hisoblash uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha xodimlarni o‘qitish mexanizmi muhokama qilindi.
Shuningdek ishchi yig‘ilishi davomida «KT Corporation» vakillari tomonidan ASKUE markazlashtirilgan tizimining amalga oshirilishi loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.
Ayni paytda xorijiy tomon vakillari tizimning birinchi va ikkinchi bosqichlari joriy qilinishi natijalariga ko‘ra, boshqa ishlab chiqaruvchilar hisoblash asboblari bilan bir-biriga mosligi foizi 98% ni tashkil etadi va yaqin kunlarda uni 100 % ga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Hozirgi paytda Koreya tomonidan test paneli yetkazib berildi, uning yordamida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib beriladigan uskunalarning joriy tizim bilan bir-biriga mosligi tekshiriladi.
Ta’kidlash kerakki, «KT Corporation» kompaniyasi bilan ASKUE tizimini joriy qilish bo‘yicha shartnoma 2015-yil 12-oktabrida imzolangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981 sonli qaroriga muvofiq, ASKUE 1 faza loyihasi pudratchisi - «KT Corporation» kompaniyasi (Koreya) bilan ASKUE Yagona ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha respublika markazini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha bitim imzolanishi ham ko‘zda tutilgan.