O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ucell va APEX INSURANCE o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladi
2019-11-11 | Texnologiyalar
8-noyabr kuni «COSCOM» MChJ (Ucell savdo markasi) Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Vladimir Kravchenko hamda «APEX INSURANCE» MChJ Bosh direktori Timur Saidov uchrashuvi natijasida kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
Sug‘urtalash to‘g‘risida olib borilgan suhbatda, ayniqsa, sug‘urtalashning innovatsion mexanizmlarini va mahsulotlarini joriy etish ancha ahamiyatli ekanligi belgilab o‘tilgan, xususan 2019-yil 2-avgustdagi 4412-sonli «O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga alohida e'tibor berildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Ucell bilan APEX INSURANCE sug‘urta mahsulotlarining birlashtirilishiga va rivojlanish yo‘nalishiga ijobiy baho berildi va ikki kompaniya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.