O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

05.05.2017Iqtisodiyot

Toshkent shahar bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, bojxona sohasida ular duch kelayotgan muammolarni har tomonlama o‘rganish va bartaraf etish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. 

Kooperatsiya aloqalari mustahkamlanmoqda

03.05.2017Iqtisodiyot

«O‘zekspomarkaz»da qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari hamda eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish komplekslarining tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi. 

Statistika tizimi takomillashmoqda

02.05.2017Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan zamonaviy usullarni joriy etish, hududlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisobga olish, tahlil qilish tizimini takomillashtirish hisobiga ma’lumotlarning sifati va ochiqligini oshirish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Axborot-kutubxona tizimi takomillashmoqda

01.05.2017Texnologiyalar

Namanganda “Central Asia – 2017” Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XI Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sifatli mahsulotning xaridori ko‘p

01.05.2017Iqtisodiyot

Samarqandda “Meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini kengaytirish va raqobatni kuchaytirish” mavzusida biznes forum bo‘lib o‘tdi.

"Yagona darcha" – tadbirkorlarga yaqin ko‘makchi

01.05.2017Iqtisodiyot

Joriy yilning aprel oyidan boshlab tadbirkorlik subyektlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga murojaat etish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda. Bu esa o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlarga internet tarmog‘i orqali tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi. 

Ishlab chiqarish hajmi ortmoqda

28.04.2017Iqtisodiyot

Farg‘ona shahridagi “Fergana oseana textile” O‘zbekiston – Tailand qo‘shma korxonasi yiliga 3 ming 600 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda paxta tolasidan tayyorlanayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilmoqda. 

Neft-gaz mahsulotlari ta’minoti – parlament va jamoatchilik nazoratida

28.04.2017Iqtisodiyot

Aholi turmush farovonligini yuksaltirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoni hisoblanadi. Neft-gaz sanoatidagi chora-tadbirlardan ko‘zlangan ustuvor maqsad ham aholini uglevodorod mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini izchil rivojlantirishdan iborat.

Eng sara loyiha va ishlanmalar namoyishi

28.04.2017Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumi

27.04.2017IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi departamenti bosh direktori Kang Myong Su boshchiligidagi Janubiy koreyalik ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes forum va kooperatsion birja o‘tkazildi.

Bebaho ne’matni asrab-avaylab, undan unumli foydalanaylik

27.04.2017Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan agrar soha barqaror rivojlanishida yer resurslarini saqlash va ulardan samarali foydalanishning ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. 

Sanoat yarmarkasi: foydali shartnomalar imzolandi

26.04.2017Iqtisodiyot

Buxoroda o‘tkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari bilan birga Samarqand, Xorazm, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridan yirik ishlab chiqarish korxonalari ham o‘z mahsulotini namoyish etdi. 

2017 yil 16-21 аprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi

25.04.2017Iqtisodiyot

Joriy yilning 16-21 aprel kunlari Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT)ning 5 kishidan iborat vakillari Davlat statistika qo`mitasiga tashrif buyurishdi.   Mazkur tashrif Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011 yil 24 avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etildi.

Markaziy bank rasmiy bayonoti

25.04.2017Iqtisodiyot

Keyingi kunlarda bir qator internet nashrlarda O‘zbekiston tijorat banklarida import shartnomalari bo‘yicha va yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatiga doir

25.04.2017Jamiyat

2017 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 196-sonli qarori qabul qilindi.

Sanoat yarmarkasi: foydali shartnomalar imzolandi

25.04.2017Iqtisodiyot

Buxoroda o‘tkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari bilan birga Samarqand, Xorazm, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridan yirik ishlab chiqarish korxonalari ham o‘z mahsulotini namoyish etdi.

Samarqandda “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari bo‘lib o‘tdi

25.04.2017Iqtisodiyot

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirkor va fermer xotin-qizlar innovatsion ishlanmalarini namoyish etdi

25.04.2017Iqtisodiyot

Zangiota tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida “Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda ta’lim, fan va biznes tizimlari o‘zaro aloqalariga oid dolzarb masalalar” mavzuida amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston milliy ko‘rgazmasi tojikistonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi

25.04.2017Iqtisodiyot

Avval xabar qilinganidek, Tojikistonda O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalari mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Tadbirkor xotin-qizlar safi kengaymoqda

24.04.2017Iqtisodiyot

Navoiy viloyati Navbahor tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida partiyaning vazifalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.