O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng sara loyiha va ishlanmalar namoyishi

2017-04-28 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori o‘rinbosari O.Parpiyev va boshqalar joriy yilning 10-12-may kunlari "O‘zekspomarkaz"da innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi bo‘lib o‘tishini, bu mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratilayotganining yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi. Zero, ana shunday g‘amxo‘rlik evaziga investitsiya talab va takliflari uyg‘unlashtirilib, ixtirochilar hamda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida amaliy munosabatlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Har yili o‘tkazib kelinayotgan, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi kooperatsion aloqani ta’minlashning amaliy mexanizmiga aylangan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishda qo‘l kelmoqda. Bu iqtisodiyotimizning barcha sohalari jadal rivojlanishida, uzluksiz ta’lim taraqqiyotida, istiqboldagi dasturlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy asos vazifasini bajarmoqda.

Joriy yilda yarmarkada an’anaviy besh yo‘nalish – sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, axborot texnologiyalari hamda fan-ta’lim sohalari uchun 500 dan ortiq innovatsion g‘oya, texnologiya va loyiha namoyish etiladi. 

– "Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika" yo‘nalishida kasalliklarni davolashning yangi usullari va zamonaviy texnologiyalar namoyish etiladi, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Tal’at Nabiyev. – Suyaklarni tiklash, buyrak toshlarini olish, jarrohlik amaliyotlarida qon to‘xtatish, immun tizimni mustahkamlash, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga yo‘naltirilgan yangi yondashuvlar aks etgan yetmishga yaqin ishlanma ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otadi, degan umiddamiz. 

Yarmarkada iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Tashrif buyuruvchilar e’tiboriga yosh olim va talabalar tomonidan yaratilgan 100 ishlanma havola etiladi. III Toshkent xalqaro innovatsion forumini o‘tkazish ham mo‘ljallangan. Unda Germaniya, Bolgariya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Jahon banki, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda. 

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javob oldi. 

 
Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться