O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumi

2017-04-27 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi departamenti bosh direktori Kang Myong Su boshchiligidagi Janubiy koreyalik ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes forum va kooperatsion birja o‘tkazildi.

O‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda ikki mamlakatning savdo, sarmoya, neft-gaz, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Nazira Dadaxonova, Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi departamenti bosh direktori Kang Myong Su va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘layotganini alohida ta’kidladi. 

O‘zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta o‘ylangan va ishonchli strategiyasi ko‘plab davlatlar qatori Janubiy Koreya ishbilarmonlarining ham qiziqishini oshirmoqda. Mamlakatimizda Koreya Respublikasi investitsiyasi ishtiroki bilan 461 korxona tashkil etilgan. Ushbu kompaniyalar asosan kon-metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik va yengil sanoat, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, uy-joy kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va turli xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat olib bormoqda. 

2016-yil yakunlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 1 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi. Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning hajmi 7 milliard dollardan oshgan. 

Forumda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz ulkan salohiyatga ega ekani alohida qayd etildi. 

– Bugungi biznes forum o‘zbekistonlik sheriklar bilan iqtisodiy hamkorligimizni yanada kengaytirishning mantiqiy davomidir, – deydi Kang Myong Su. – Kompaniyalarimiz mamlakatingizda turli sohalarda o‘z biznesini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Forumda Koreya Respublikasining qishloq xo‘jaligi, neft-gaz, gidroenergetika, qurilish, transport infratuzilmasiga ixtisoslashgan «Tong Yang Moolsan», «Hyundai Engineering Co.», «Woolim Hi-Tech», «Win Housing» kabi qirqdan ortiq yetakchi kompaniyasi vakillari qatnashdi. 

Biznes forumda O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, neft-kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil sanoat, farmatsevtika kabi sohalardagi imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi. Janubiy Koreya ishbilarmonlari mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kafolatlari, erkin iqtisodiy zonalardagi katta qulaylik va imtiyozlar bilan tanishtirildi. 

Ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash, yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etishga oid masalalar muhokama etildi. 

Shu kuni O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi. 

 
Sevara Alijonova, O‘zA

Manba: O'zA

Поделиться