O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2017 yil 16-21 аprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi
2017-04-25 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 16-21 aprel kunlari Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT)ning 5 kishidan iborat vakillari Davlat statistika qo`mitasiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011 yil 24 avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etildi.
Tashrif davomida 17-18 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazildi. Jumladan, KOSTAT vakillari “Koreya Milliy Statistika tizimi”, “Jamoat bilan aloqa”, “Axolini ro’yhatga olish va demografiya statistikasi tizimlari”, “ Xalqaro Migratsiya Statistikasi” mavzularida taqdimotlar o`tkazishib, Koreya Respublikasi tajribasi to`g`risida batafsil axborot berishdi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi vakillari Qo’mitaning faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, vazifalari bilan mehmonlarni tanishtirishdi va hamda “Fuqorolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish va aholining tabiiy harakati statistikasi”, “Inson resurslari boshqaruvi tizimi (inson resurslarini rivojlantirish, baholash), xodimlar boshqaruvi va farovonligini qo'llab-quvvatlash” va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlar markazi” mavzularida taqdimotlar namoyish etildi.
19 – 21 aprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi Samarqand va Buxoro viloyati statistika boshqarmalariga tashrif buyurishdi va Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarining tarixiy obidalarini hamda diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.
KOSTAT delegatsiyasining O`zbekistonga tashrifi va Davlat statistika qo`mitasi vakillari bilan uchrashuvlari juda iliq va do`stona ruhda o`tdi.