O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy bank rasmiy bayonoti
2017-04-25 | Iqtisodiyot
Keyingi kunlarda bir qator internet nashrlarda O‘zbekiston tijorat banklarida import shartnomalari bo‘yicha va yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Markaziy bank ma'lum qiladiki, import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha shartnomalar to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirilmoqda va ularning to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi gap-so‘zlar mutlaqo asossizdir.
Ta'kidlash lozimki, mamlakat tijorat banklari o‘z mijozlarining xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishiga bundan keyin ham uzluksiz ko‘mak berib boradi.