O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda ipak qurti g‘umbagidan yog‘ olinadi 03.03.2018Iqtisodiyot“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi joriy yilning uchinchi choragidan boshlab ipak qurti g‘umbagidan yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi. Buning uchun kerak bo‘ladigan uskunalar xitoy kompaniyalariga buyurtma qilindi. |
2018 yil uchun paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar uchun davlat narxi belgilandi 02.03.2018IqtisodiyotQishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda payshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi. |
Namangan vokzali zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi 02.03.2018IqtisodiyotAyni kunlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Namangan temir yo‘l vokzalini yangidan qurish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 3 qavatdan iborat vokzal qurilishi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aktsiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan loyihalashtirildi. |
Fevralda oziq-ovqat mahsulotlari narxi qanchaga oshdi? 01.03.2018Iqtisodiyot2018-yilning fevral oyida O‘zbekistonda mol va qo‘y go‘shti qimmatlab, kartoshka va sabzi arzonlagan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan. |
Qurilish va suv ta’minoti tizimidagi eng ilg‘or mahsulotlar namoyishi 01.03.2018IqtisodiyotMamlakatimizda uy-joylar barpo etish va ijtimoiy-maishiy qurilishni jadal rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yangilash borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar tufayli shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan o‘zgarib bormoqda. Bunda sohaga zamonaviy arxitektura yechimlari va ilg‘or texnologiyalar keng joriy qilinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. |
O‘zbekiston–Tojikiston: Savdo-iqtisodiy hamkorlikda yangi bosqich boshlanmoqda 01.03.2018IqtisodiyotO‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, an’anaviy yaxshi qo‘shnilik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlar xalqlarimiz manfaati yo‘lida izchil mustahkamlanib bormoqda. Ikki mamlakat Prezidentlarining siyosiy irodasi va azmu shijoati tufayli teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. |
Marg‘ilonda yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda 01.03.2018IqtisodiyotTadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati–O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari ishtirokida turli tadbirlar, deputatlik eshituvlari tashkil etilmoqda. |
Britaniya nashri: “O‘zbekiston e’tibor tortishning markazi bo‘lib qolmoqda” 28.02.2018IqtisodiyotBritaniyada chop etiladigan sarmoyadorlarning “Europe & Middle East Outlook Magazine” jurnalida fikr bildirilishicha, hozir O‘zbekistonga diqqat jalb etishning ayni vaqtidir. |
O‘zbekiston-Gruziya: ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi 28.02.2018Iqtisodiyot2018-yil 22-23-fevralda Tbilisi shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Gruziya temir yo‘llari” AJ vakillari bilan o‘zaro hamkorlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar yangi temir yo‘llarning rivojlanishi, modernizatsiyalashtirish, rekonstruktsiya, qurilish va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida, shuningdek, yuk tashish hajmini oshirish choralari, yuk jo‘natuvchilar uchun qulay sharoit yaratish va poezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash borasida so‘z bordi. |
“Asaka” banki boshqaruvi raisi nima uchun ogohlantirildi? 28.02.2018JamiyatMamlakatimizda olib borilayotgan islohotlariga qaramay “Asaka” banki faoliyatidan aholi qoniqayotgani yo‘q. Bunday munosabat tahlillar jarayonida yanada oydinlashmoqda. |
Niderlandiya biznesi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqish bildirmoqda 28.02.2018Iqtisodiyot30 dan ortiq Niderlandiya kompaniyalarining 50 ga yaqin vakillari “Agro World Uzbekistan 2018” 13-xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etadi. 2018-yil mart oyi o‘rtalarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur tadbirda ko‘pchilik Niderlandiya kompaniyalari o‘z stendlarini taqdim etishlari kutilmoqda. |
Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish zarur 28.02.2018IqtisodiyotNamangan viloyati sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy yilda davlat byudjetidan 534 milliard 196 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 95 milliard so‘m yoki 22 foiz ko‘pdir. |
Yangi qaror. Paxtasanoat ilmiy markazi faoliyati tubdan takomillashtiriladi 27.02.2018Iqtisodiyot“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksionerlik jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali xabar qildi. |
O‘zbekistonda bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi 27.02.2018IqtisodiyotO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi. |