O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi qaror. Paxtasanoat ilmiy markazi faoliyati tubdan takomillashtiriladi

2018-02-27 | Iqtisodiyot

“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksionerlik jamiyati faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi rasmiy kanali xabar qildi.

Qarorga asosan “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJning asosiy yo‘nalishilaridan biri sifatida sohadagi dolzarb ilmiy masalalarni hal etish, paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlashda ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni amalga oshirish belgilanmoqda.

Shuningdek, 2018-2020 yillarda respublikada paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlashning texnika va texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, shu jumladan “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJning laboratoriya-sinov bazalari modernizatsiya qilinadi, urug‘lik paxta chigitini tayyorlash texnologiyasi, paxta xom ashyosini qabul qilishda uning sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash tizimi va vositalari takomillashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zpaxtasanoat” AJga ikki oy muddatda “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ faoliyatini tubdan takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan edi.

Поделиться