O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Gruziya: ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2018-02-28 | Iqtisodiyot

2018-yil 22-23-fevralda Tbilisi shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Gruziya temir yo‘llari” AJ vakillari bilan o‘zaro hamkorlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar yangi temir yo‘llarning rivojlanishi, modernizatsiyalashtirish, rekonstruktsiya, qurilish va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida, shuningdek, yuk tashish hajmini oshirish choralari, yuk jo‘natuvchilar uchun qulay sharoit yaratish va poezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash borasida so‘z bordi.

“Gruziya temir yo'llari” AJ direktor o‘rinbosari, Gruziya delegatsiyasi rahbari A.Nikolaishvili test sharoitida ishlayotgan konteyner yuk tashuvchi yangi yo‘nalish “Baku - Tbilisi - Kars” haqida ma’lumot berdi. Ushbu yo‘nalishga test sharoiti yakunlangandan so‘ng yuk tashish oqimini oshiradigan choralar ko‘rilishini aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston delegatsiya vakili A.S.Kamalov yangi “Andijon” multimodal transport-logistik markazi, shuningdek, undan Xitoy Xalq Respublikasigacha va qaytishda foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar mavjudligi haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida “Gruziya temir yo'llari” AJ rahbariyati ushbu transport logistik markazidan foydalanishdan manfaatdorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida temir yul transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro transport koridoridan samarali foydalanish va tranzit yuk tashish hajmini oshirish maqsadida Gruziya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo yuk tashish narxlariga 50 foiz va qo‘shimcha 10 foiz chegirma joriy etilganini ma’lum qildi.

Поделиться