O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan vokzali zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi

2018-03-02 | Iqtisodiyot

Ayni kunlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Namangan temir yo‘l vokzalini yangidan qurish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 3 qavatdan iborat vokzal qurilishi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aktsiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan loyihalashtirildi.

Zamonaviy arxitektura yechimlari asosida qurilayotgan bino o‘ziga xos ko‘rkam qiyofaga ega bo‘ladi. Hozirda birinchi va ikkinchi qavatda joylashgan xonalarda qurilish-montaj ishlari yakunlangan bo‘lib, pardozlash jarayoni davom etmoqda. Qurilishga 100 nafardan ortiq ishchi-xodim va o‘nlab zamonaviy texnika jalb etilgan. Vokzalda loyiha doirasida kutish va VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, tamaddixona hamda savdo shoxobchalari tashkil qilinadi. Yuqori qavatga ko‘tarilish uchun zamonaviy liftlar o‘rnatiladi. Kutish zallarida yo‘lovchi poezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, Wi-Fi internet tizimi, elektron kutubxona joriy etiladi. Shuningdek, hududni tubdan obodonlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, turli xil gul va xushmanzara daraxtlar ekiladi. Ulkan favvora bunyod etilib, aholining maroqli hordiq chiqarish maskaniga aylantiriladi. Vokzal oldida yozgi ayvon qurilib, perron kengaytiriladi.

Xavfsizlikni to‘liq ta’minlash maqsadida atrof panjarali to‘siqlar bilan o‘raladi va videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi. Hozirda nafaqat vokzalda, balki uning yon tomonida joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasida ham qayta ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mehmonxona 5 qavatdan iborat bo‘lib, birinchi hamda ikkinchi qavatda vokzalning ma’muriy binosi o‘rin oladi. Ilgari vokzal ichida joylashgan chiptaxona mehmonxonaning birinchi qavatiga ko‘chiriladi.

Bunyodkorlik ishlari yakunlangach, bu yerda ishchi-xodimlar va yo‘lovchilar uchun jahon andozalari darajasida qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

Поделиться