O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Xorijiy korxona: xomashyo mahalliy, tayyor mahsulot eksportga

16.10.2018Iqtisodiyot

Buxoroda faoliyat yuritayotgan “Ark Eko Tekstil” Rossiya xorijiy korxonasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur boʻlmoqda.

9 oyda 30 yangi qoʻshma korxona ish boshladi

16.10.2018Iqtisodiyot

Toshkent viloyatida Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligida 120 qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda. Eʼtiborlisi, sanoat, qurilish, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa yoʻnalishlardagi mazkur korxonalarning 30 tasi joriy yilda ish boshladi. 

Qatar ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar olib borildi

15.10.2018Iqtisodiyot

2018-yil 13-oktabrda Tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Sahib Saifnazarov “Barwa” Bankining prezidenti Shayx Muhammad Hamad al Tani boshchiligidagi Qatar Davlati ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tadbirda savdo-iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari, xususan logistika, transport, toʻqimachilik sanoati, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda AQSH dollari koʻtarilishda davom etmoqda

15.10.2018Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki axboroti

“Oʻzmetkombinat” AJning 2018-2020 yillarida rivojlanish dasturi

15.10.2018Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 yanvardagi PQ-3468-sonli qaroriga asosan “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, raqobatni rivojlantirish va korxonalarni xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi va ishonchli boshqaruvchi Xorijiy korxona MCHJ “SFI Management Group” “Oʻzmetkombinat” AJning 2018-2020 yillarida rivojlanish dasturi tasdiqlandi.

Moliya vazirligi tizimidagi xodimlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan yangi xizmat

15.10.2018Iqtisodiyot

Moliya vazirligi tizimidagi xodimlari uchun Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markaziga xizmat koʻrsatish va texnik xizmat koʻrsatishni avtomatlashtirish uchun “IVS-servis“ kompleksi ishlab chiqildi.

Maksim Oreshkin: Mamlakatlarimiz hamkorligida yangi istiqbollar ochilmoqda

15.10.2018Siyosat

Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi oʻrinbosari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan soʻng mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik istiqbollari xususida OʻzA muxbiriga quyidagilarni soʻzlab berdi:

“Exxon Mobil” – “Oʻzbekneftgaz” uchun ishonchli hamkor

12.10.2018Iqtisodiyot

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz neft-gaz sanoatini rivojlantirish yoʻlida xalqaro kompaniyalar bilan manfaatli aloqalarni mustahkamlashga katta eʼtibor qaratmoqda. 

Toshkent va Dushanbe shaharlarida Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forumlar boʻlib oʻtdi

12.10.2018Iqtisodiyot

2018-yil 9-12-oktabr kunlari “Evergreen Motors Co.” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faxriy maslahatchisi Kim Chang Kyon va Koreya Kichik va oʻrta biznes uyushmasi raisi Kim Yong Gu rahbarligidagi Koreya ishbilarmon doiralari uch tomonlama forumda ishtirok etish maqsadida Oʻzbekiston va Tojikistonga tashrif buyurishdi. Tadbir tashkilotchilari – Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi.

Tadbirkorlik faoliyatida bilim va koʻnikma – muhim talab

12.10.2018Jamiyat

Savdo-sanoat palatasida hududlarda tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitishni takomillashtirish yoʻnalishlariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Toshkentda Oʻzbekiston-Koreya biznes-forumi boʻlib oʻtdi

12.10.2018Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150 dan ziyod vakili ishtirok etdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2018 yil 9 oyida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar toʻgʻrisida MAʼLUMOT

11.10.2018Iqtisodiyot

OʻZBЕKISTON – ROSSIYA: Hududlararo munosabatlar istiqbollari

11.10.2018Iqtisodiyot

Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining asosini tashkil etgan Harakatlar strategiyasida oʻzaro manfaatli xalqaro aloqalar alohida oʻrin tutadi. 

Milliy auditni rivojlantirish – muhim masala

10.10.2018Jamiyat

Toshkent moliya institutida Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. 

2018 yilning III choragida iqtisodiy islohotlarning borishi va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish prognoz koʻrsatkichlari

09.10.2018Iqtisodiyot

Hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagilarni tashkil etishi kutilmoqda. Xususan, 2018 yilning III choragida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oʻsish surʼati 104,5 foizni, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish oʻsish koʻrsatkichi 105,7 foizga yetishi kutilmoqda.