O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi tizimidagi xodimlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan yangi xizmat
2018-10-15 | Iqtisodiyot
Moliya vazirligi tizimidagi xodimlari uchun Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markaziga xizmat koʻrsatish va texnik xizmat koʻrsatishni avtomatlashtirish uchun “IVS-servis“ kompleksi ishlab chiqildi.
Ushbu kompleks AHM xodimlari tomonidan bajariladigan ishlarning sifati va samaradorligini baholash, shuningdek, qogʻoz ishi hajmini qisqartirishni nazorat qilish va hisobga olishni taʼminlaydi.
Shu bilan birga, dasturiy majmuada Moliya vazirligi tizimida mavjud boʻlgan kompyuter texnikasi va ofis uskunalari bazasini tashkil qilish, hamda ularning samarali va ratsional foydalanishi, shuningdek, materiallar va ehtiyot qismlarni isteʼmol qilish boʻyicha tizimli nazoratni amalga oshirish imkoniyati amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun: 2017 yilda qogʻoz topshirishlar soni 4201 ta, 2018 yilda esa 3287 tani tashkil qilgan.
Ushbu dasturiy majmuani 2018 yilning 1 noyabridan boshlab ishga tushirish rejalashtirilmoqda. 2019 yil boshidan boshlab “IVS-servis“ dasturiy majmuani DMBAT va UzASBO tizimlariga ulanish uchun arizalarni qoʻshish bilan kengaytirish rejalashtirilgan.