O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2018 yilning III choragida iqtisodiy islohotlarning borishi va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish prognoz koʻrsatkichlari
2018-10-09 | Iqtisodiyot
Hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagilarni tashkil etishi kutilmoqda. Xususan, 2018 yilning III choragida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oʻsish surʼati 104,5 foizni, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish oʻsish koʻrsatkichi 105,7 foizga yetishi kutilmoqda.
Shuningdek, mahsulot turlari boʻyicha ishlab chiqarish natura koʻrinishida oʻsish surʼati: un ishlab chiqarish 100,0 foizni, omixta yem 100,3 foizni, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish 113,4 foizni hamda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish 100 foizga teng boʻlishi kutilmoqda.
“Surxondaryo don mahsulotlari” AJ kunlik quvvati 300 tonnalik yangi tegirmon sexining texnologik uskunalari Turkiyaning “Erkan Makina” kompaniyasi tomonidan toʻliq keltirildi, montaj ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
“Dunyo-M” AJ kunlik quvvati 300 tonnalik tegirmon sexining texnologik uskunalari Turkiya kompaniyasi tomonidan toʻliq keltirilgan. Demontaj ishlari yakunlanib, montaj ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
“Bekobod un zavodi” kunlik quvvati 50 tonnalik tegirmon sexining texnologik uskunalari Ukrainaning “Mogilyov-Podolskiy” kompaniyasi tomonidan toʻliq keltirilgan. Montaj ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
“Samarqand don mahsulotlari” AJ kunlik quvvati 250 tonnalik tegirmon sexining texnologik uskunalari Turkiyaning “Alapala” kompaniyasi tomonidan keltirilishi boshlangan. Montaj ishlari oktyabr oyida boshlanadi.
“Bogʻdod don mahsulotlari” AJga kunlik quvvati 110 tonnalik omixta yem sexi uchun Turkiyaning “Alapala” kompaniyasi jihozlari keltirilgan. Montaj ishlari olib borilmoqda. Loyihani joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi don korxonalari tomonidan Xitoyning “Uzbek China trade” kompaniyasi texnologiyalari asosida 4 ta guruch sexi joriy yilning noyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
2018 yil III choragida kutilayotgan ishlab chiqarish koʻrsatkichlari
Koʻrsatkichlar | Oʻsish surʼati |
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish | 104,5 |
Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish | 105,7 |
Un | 100,0 |
Omixta yem | 100,3 |
Non va non mahsulotlari | 113,4 |
Makaron mahsulotlari | 110,0 |
2014-2018 yillarda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi
2014-2018 yillarda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi
2014-2018 yillarda omuxta yem mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi