O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiyot
Davlat byudjeti deputatlar tomonidan qizgʻin muhokama qilinmoqda 16.11.2018Iqtisodiyot2018-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitalari hamkorligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ekspertlar, mutaxassislar hamda jurnalistlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2018-yil toʻqqiz oylik ijrosi yuzasidan hisobot hamda 2019-2021-yillarga moʻljallangan byudjetnoma loyihalari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari muhokama etildi. |
“Adolat” SDP fraksiyasi Davlat byudjeti ijrosining qaysi jihatidan norozi boʻldi? 16.11.2018Iqtisodiyot2018-yilning 15-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar masʼul xodimlari, partiya faollari ishtirok etgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetining 2018-yilning toʻqqiz oyligidagi ijrosi hamda 2019-2021-yillarga moʻljallangan Byudjetnoma loyihasi koʻrib chiqildi. |
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Oʻzbekistonda qanday loyihalarni amalga oshirmoqda? 14.11.2018IqtisodiyotBu kabi savollarga Toshkentda 15 noyabr kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil qilinadigan matbuot anjumani doirasida javob olish mumkin boʻladi. |
Gʻaznachilik tizimida hamkorlikning yangi bosqichlari 13.11.2018IqtisodiyotTadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Serbiya Respublikasi delegatsiyalari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda gʻaznachilik tizimida tajriba almashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. |
Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan muhokamalar yakunlari 13.11.2018IqtisodiyotOʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi delegatsiyasi Rossiya Gʻaznachiligi, Serbiya Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachilik boshqarmasi va Rossiyaning yetakchi universitetlari vakillari ishtirokida Sankt-Peterburgda tashkil etilgan moliya-xoʻjalik faoliyati natijalarini alohida hisobga olish, xarajatlarni shakllantirishning xususiyatlari va ularni mol-mulk (ish, xizmat) qiymatiga joylashtirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan muhokamada ishtirok etdi. |
13.11.2018Iqtisodiyot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, 2018-2019-yillarda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narx va tariflarning bosqichma-bosqich oʻzgarish grafiklari, xamda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi narxlari tasdiqlangan. |
09.11.2018Iqtisodiyot Toshkent viloyatida keyingi 5 yil mobaynida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan 8 ming 300 nafardan ziyod xotin-qizga tijorat banklari tomonidan 236 milliard soʻmdan ortiq imtiyozli kredit ajratilgan. |
Gollandiya kompaniyalari Oʻzbekistonda oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishmoqda 08.11.2018Iqtisodiyot2018-yilning 7-9-noyabr kunlari Niderlandiyaning taniqli “Lely” va “TCT-Agro” firmalari nufuzli delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Ular Toshkentdagi “Agro Expo Uzbekistan/Agrotech Expo” qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida ishtirok etishmoqda. |