O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Exxon Mobil” – “Oʻzbekneftgaz” uchun ishonchli hamkor

2018-10-12 | Iqtisodiyot

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz neft-gaz sanoatini rivojlantirish yoʻlida xalqaro kompaniyalar bilan manfaatli aloqalarni mustahkamlashga katta eʼtibor qaratmoqda. 

Jamiyatning dunyo boʻyicha oʻz nufuziga ega “Exxon Mobil” kompaniyasi bilan oʻzaro hamkorliklari bunga yanada yorqin misoldir.
 
AQSHning “Exxon Mobil” kompaniyasi koʻp tarmoqli boʻlib, u neftni qayta ishlash, gazni qayta ishlash, neft-kimyo mahsulotlari va yirik ishlab chiqarish sanoati uchun texnologiyalar ishlab chiqaradi hamda yetkazib beradi. 
 
Bugungi kunda “Exxon Mobil” kompaniyasi “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining ishonchli hamkori sifatida oʻzini namoyon etmoqda. Buning sababi shuki, kompaniya “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bazasida II va III guruh bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasida texnologik asbob-uskunalar litsenziari hisoblanadi.
 
Davlatimiz rahbarining AQSHga qilgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan bitimga asosan bu ikki tomon oʻrtasida hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Endilikda bazaviy moylarni ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi va AQSH oʻrtasida davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladi. 
 
“Exxon Mobil” ekspertlarining fikriga koʻra, kompaniya rahbariyati mintaqada yagona boʻlgan ushbu istiqbolli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tajriba va texnologiyalarni boʻlishishga tayyor ekanligini bildirgan. 2018-2021 yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan loyihaning taxminiy qiymati 150 million AQSH dollarni tashkil etadi.
 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Поделиться