O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijiy korxona: xomashyo mahalliy, tayyor mahsulot eksportga

2018-10-16 | Iqtisodiyot

Buxoroda faoliyat yuritayotgan “Ark Eko Tekstil” Rossiya xorijiy korxonasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yuqori sifati bilan xaridorlarga manzur boʻlmoqda.

Oʻzbekiston – Rossiya 2012 yilda faoliyat boshlagan xorijiy korxona iqtisodi yildan-yilga yuksalayotir.
 
– Dastlab, toladan ip-kalava ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydik, – deydi korxona ijrochi direktori Tolib Qoʻldoshev. – Mahsulotimiz sifati qisqa muddatda nafaqat mahalliy, balki xorijiy xaridorlar eʼtiboriga ham tushdi. Dastlabki yillar Rossiyaning bir qator toʻqimachilik subyektlariga 400 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qildik. Albatta, bugungi kun doimo izlanish va bozor ehtiyojini oʻrganib ish tutishni taqozo qiladi. Shuning uchun korxonamiz faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish yoʻlidan bordik.
 
Korxonada 2014 yilda xomashyoni chuqur qayta ishlash biznes rejasi amalga oshirildi. Yangi qurilgan sex zamonaviy toʻquv dastgohlari bilan jihozlandi. Bunda subyektning oʻz mablagʻlari, shuningdek, tijorat bankidan olingan 1,6 million yevro kredit qoʻl keldi. Yangi loyiha tufayli ish oʻrni 112 taga koʻpayib, 160 taga yetdi. Shu tariqa korxonada ip-kalavadan tashqari, xom surp va boʻyalgan mato tayyorlash oʻzlashtirildi. Ularning 95 foizi xorijga chiqarilmoqda.
 
Bugungi kunda mahsulotlar Rossiyadan tashqari, Ukraina va Italiyadagi hamkorlarga ham yetkazib berilmoqda. Joriy yilning toʻqqiz oyida buyurtmachilarga 2,6 million dollar miqdorida ip-kalava, xom surp va tayyor mato eksport qilindi. Yil oxirigacha bu koʻrsatkich oldingi yilgi natijadan oshishi, yaʼni 3 million dollarga yetishi kutilmoqda. Agar xalqaro bozorning turli omillar bilan bogʻliq oʻzgaruvchanligi va injiqligi nazarda tutilsa, erishilayotgan yutuq va barqaror koʻrsatkichlar “Ark Eko Tekstil” korxonasi mahsulotlari raqobatbardoshligi orqali bu murakkab sinovdan muvaffaqiyatli oʻtayotgani, oʻz mavqeini mustahkamlayotganidan dalolat beradi. Qolaversa, korxonaning moliyaviy salohiyati ham yuqori. Tijorat bankidan olingan kredit oʻz vaqtida qaytarilgani, aylanma mablagʻlar yetarli ekani ham bunga misol.
 
Korxonada kelgusi yilda ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish boʻyicha iqtisodiy asoslangan yangi biznes reja ishlab chiqilgan.
 
Yildan-yilga mehnat unumdorligi ham oshmoqda. Bu borada ishchi va mutaxassislar malakasini oshirish bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish, mehnatiga munosib manfaatdorligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilgani ham alohida ahamiyatga ega. Bepul tushlik va uzoqdan qatnaydiganlarga tekin transport xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan.
 

Erkin Yodgorov, OʻzA

Поделиться