O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar olib borildi
2018-10-15 | Iqtisodiyot
2018-yil 13-oktabrda Tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Sahib Saifnazarov “Barwa” Bankining prezidenti Shayx Muhammad Hamad al Tani boshchiligidagi Qatar Davlati ishbilarmon doiralari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tadbirda savdo-iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari, xususan logistika, transport, toʻqimachilik sanoati, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Qatar tomoniga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va biznes uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning naqadar muhimligi hamda oʻzaro savdo-sotiqning barqaror oʻsishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Delegatsiya vakillari mamlakatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarida oʻsish ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi deb taʼkidlashdi va Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirishdi.
Delegatsiya tashrifi davom etmoqda. Shuningdek, Toshkent va Buxoroda bir qator vazirliklar, idoralar va sanoat kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.