O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maksim Oreshkin: Mamlakatlarimiz hamkorligida yangi istiqbollar ochilmoqda

2018-10-15 | Siyosat

Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi oʻrinbosari, Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan soʻng mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik istiqbollari xususida OʻzA muxbiriga quyidagilarni soʻzlab berdi:

– Keyingi hafta Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Shu munosabat bilan bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan mazkur tashrifga koʻrilayotgan tayyorgarlik, rejalashtirilayotgan loyihalar va imzolanadigan hujjatlar, Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligining yangi istiqbollari yuzasidan fikr almashdik. 
 
Taʼkidlash joizki, mamlakatlarimizning iqtisodiy munosabatlari barqaror rivojlanib bormoqda. Tovar ayirboshlash hajmi, savdo xizmatlari, pul oʻtkazish, Rossiyadan Oʻzbekistonga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalar oqimi izchil oshmoqda. Yaʼni, barcha yoʻnalishlarda ijobiy oʻsishga erishilmoqda. Tomonlarda qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik sanoati, mashinasozlik kabi tarmoqlarda kompleks hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjud. Albatta, eng yirik loyihamiz, bu Oʻzbekistonda atom elektr stansiyasi barpo etishdir. 
 
Muloqot chogʻida Shavkat Mirziyoyevga ushbu yoʻnalishlarning har biri boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdik. Kelasi hafta Prezidentlar barcha masalalarni batafsil muhokama qilib, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz uchun manfaatli boʻlgan muhim kelishuvlarga erishadilar.
 

Matnazar Elmurodov, OʻzA

Поделиться