O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent va Dushanbe shaharlarida Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forumlar boʻlib oʻtdi

2018-10-12 | Iqtisodiyot

2018-yil 9-12-oktabr kunlari “Evergreen Motors Co.” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faxriy maslahatchisi Kim Chang Kyon va Koreya Kichik va oʻrta biznes uyushmasi raisi Kim Yong Gu rahbarligidagi Koreya ishbilarmon doiralari uch tomonlama forumda ishtirok etish maqsadida Oʻzbekiston va Tojikistonga tashrif buyurishdi. Tadbir tashkilotchilari – Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi.

Koreya Respublikasi delegatsiyasi savdo, transport, logistika, qurilish, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati va sayyohlik kabi sohalarda faoliyat koʻrsatadigan kompaniyalarning 70 nafar rahbar va vakillari tarkibidan iborat.

10-oktabr kuni Dushanbedagi biznes-forumda savdo-iqtisodiy va hamkorlik aloqalarining istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi va Koreya kompaniyalaridan oʻzbek-tojik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar va kapitalni jalb qilish boʻyicha fikr almashildi. Forumda Oʻzbekiston tomoni davlat organlari, sanoat korxonalari va assotsiatsiyalarining 25 nafar vakillari ishtirok etdi. Taʼkidlash joizki, forum davomida B2B formatida hamda uch tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, sanoat korxonalariga tashriflar tashkil etildi. Tadbirlar Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning 2018 yil 17-18-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida oʻtkazildi.

11-oktabr kuni ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150 nafardan ortiq vakili ishtirokida Oʻzbekiston-Koreya biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Forumning rasmiy qismidan keyin B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar tashkil etildi. Natijada tadbir ishtirokchilari oʻrtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy bitimlar imzolandi.

12-oktabr kuni Koreya delegatsiyasi Angren EIZga, boshqa sanoat korxonalariga, shuningdek, Toshkentning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradi. Bu yerda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish imkoniyati boʻladi.

Поделиться