O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oʻzmetkombinat” AJning 2018-2020 yillarida rivojlanish dasturi
2018-10-15 | Iqtisodiyot
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 yanvardagi PQ-3468-sonli qaroriga asosan “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, raqobatni rivojlantirish va korxonalarni xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi va ishonchli boshqaruvchi Xorijiy korxona MCHJ “SFI Management Group” “Oʻzmetkombinat” AJning 2018-2020 yillarida rivojlanish dasturi tasdiqlandi.
Dasturda 2018 yil uchun:
850,0 ming tonna qora metallar prokati;
300,0 ming tonna poʻlat soqqalar ishlab chiqarish;
2018 yil yanvar-sentyabr oylariga koʻra investitsiya loyihalari boʻyicha kapital mablagʻlarini oʻzlashtirilishi 26,33 mln dollarni tashkil etdi, bu prognoz topshirigʻiga nisbatan 100% tashkil etdi.
“Ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish”
Avgust oyida zavod ishga tushirildi, FC-65 rusumli ferrosilitsiy eritma texnologiyasini qayta ishlashni amalga oshirish va loyihaning loyihaviy parametrlariga erishish.
“Ferrosilikamarganes ishlab chiqarishni tashkil etish”
Qurilish-montaj ishlari 100% bajarildi. Hozirgi vaqtda sovuq va issiq sinovlarga tayyorgarlik koʻrish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Issiq sinovlarning boshlanishi 2018 yil 15 oktyabrdan rejalashtirilgan.