O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi vazirligi izohi

2019-04-16 | Jamiyat

Internet nashrlarida eʼlon qilingan “Maktabda janjal: Toshkentda direktorning qarindoshi oʻquvchilarni ayovsiz kaltaklayapti” jurnalistik surishtiruviga Xalq taʼlimi vazirligi quyidagicha izoh bildiradi:

Joriy yilning 19 martida Uchtepa tumanidagi 245-umumtaʼlim maktabida 2-“V” sinf oʻquvchisi A. A. sinf rahbari N.T. doskaga chaqirgan. Oʻquvchini javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qoʻliga urgan. Shu kuni oʻquvchining onasi maktabning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Gʻ.Abdullayevga farzandi bilan sodir boʻlgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.

Maktabning OʻTIBDOʻ Gʻ.Abdullayev sinf rahbari va oʻquvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida oʻquvchining onasi ushbu holat yuzasidan eʼtiroz bildirmasligini maʼlum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan.

Lekin oʻquvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida, 1 aprel kuni jurnalistlar maktabga kelib, holat yuzasidan surishtiruv olib borgan.

Sodir boʻlgan holat maktabning pedagogik jamoasi oʻrtasida 2019 yilning 1 aprel kuni oʻtkazilgan ishlab chiqarish yigʻilishida muhokama etildi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi N.T. bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Oʻquvchi A.A. onasi D.Kadirovaning arizasiga koʻra 2-“V” sinfidan 2-“B” sinfiga oʻtkazildi.

Поделиться