O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasining uchrashuvi
2019-04-16 | Jamiyat
2019-yil 11-aprel kuni Davyergeodezkadastr qo‘mitasi delegatsiyasi Vengriya Bosh vaziri ma’muriyatiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida qo‘mita raisi o‘rinbosari A. Mamatov va Davlat kotibi, Vengriya davlat boshqaruvi vaziri janob Benche Tussonning ikki tomonlama rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida janob Benche Tusson Vengriyada davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil bayon etdi. Shundan so‘ng janob Benche Tusson Vengriya parlamenti binosi ichida delegatsiya a’zolari uchun ekskursiya o‘tkazdi va parlament binosi qurilishi tarixi haqida batafsil so‘zlab berdi.
Delegatsiya, shuningdek, Lexner nomli bilim markazining Bosh direktori janob Fekete Gabor bilan ham uchrashdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning "Geoinnovatsiya markazi" Davlat unitar korxonasi va Lexner nomli bilim markazi o‘rtasida yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni nazarda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
12-aprel kuni, tashrifning yakuniy kunida, delegatsiya a’zolari Davyergeodezkadastr qo‘mitasi hodimlarining geodeziya, kartografiya, masofadan zondlash va geoinformatika bo‘yicha malakasini oshirish maqsadida Sekeshfeherver shahrida joylashgan Obuda Universitetiga tashrif buyurdilar. U yerda tomonlar "aniq dexqonchilik" tizimi sohasida uchuvchisiz uchish vositalaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekistondagi tajriba maydonchasida izlanishlar olib borish haqida kelishib oldilar.