O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiyaning Markaziy Osiyodagi ilk faxriy konsulligi Samarqandda ochildi

2019-04-16 | Jamiyat

Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar bo‘yicha vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan–Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari yurtimizga tashrifini 16 aprel kuni Samarqanddan boshladi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarning tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan tashrifi bu aloqalarni yangi bosqichda, keng ko‘lamda davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirdi.
 
Jumladan, Samarqand viloyatida ham fransuz ishbilarmonlari va kompaniyalari bilan hamkorlikda muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Fransiya taraqqiyot agentligining “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida shaharda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni asrab-avaylash, chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va va innovatsion yechimlar yordamida zararsizlantirishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni kompleks boshqarish tizimi yaratilmoqda. 
 
Uchrashuvda mazkur loyihani sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
 
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida tashkil etilgan Fransiyaning faxriy konsulligi ochilishida ishtirok etdi.
 
– Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishi barchaga yaxshi ma’lum, – deydi Jan–Batist Lemuan. – Keyingi paytda bu hamkorlik yana ham mustahkamlanib borayotgani quvonarli. Ayniqsa, o‘tgan yil kuzda ikki davlat prezidentlarining uchrashuvidan so‘ng munosabatlarimiz yana ham yaxshilandi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor O‘zbekistonda, uning go‘zal shahri bo‘lgan Samarqandda faxriy konsulligimizning ochilishi ham bu fikrni tasdiqlaydi. O‘ylaymanki, ushbu muassasa davlatlarimiz hamda o‘zbek va fransuz xalqlarining yaqin hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. 
 
Mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qildi va kunning ikkinchi yarmida Toshkentga jo‘nab ketdi.
 

G‘.Hasanov, O‘zA

Поделиться