O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy reytinglardagi o‘rni

2019-04-17 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy maydonga ilk qadami” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy kredit reytinglaridagi o‘rnini ko‘tarish, bu borada qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
 
– O‘zbekistonning xalqaro kredit reytinglaridagi o‘rnini yaxshilash, avvalambor, iqtisodiy salohiyatini butun dunyoga tanitadi – deydi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov. – Mamlakat haqidagi iqtisodiy tahlillarda O‘zbekistonning iqtisodiy yutuqlari va hal etilishi lozim bo‘lgan muammolari ko‘rsatiladi. Dunyoda yuzdan ortiq reyting agentligi bor, eng muhimlari “S&P”, “Fitch”, “Moody’s”. Biz uchala kredit agentliklari bilan hamkorlik qilishni boshladik va ularning vakillarini Toshkentga taklif qildik, tahlillar o‘tkazdik. Natijada o‘tgan yilning dekabr oyiga kelib “S&P” va “Fitch” reyting agentliklaridan barqaror reytingni olishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan tashqari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan mamlakat risklarini klassifikatsiya qilish guruhida O‘zbekistonning o‘rni oltinchi o‘rindan beshinchiga ko‘tarildi.
 
Shuningdek, tadbirda xalqaro obligatsiyalarni chiqarish bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi.
 
Anjuman yakunida mutasaddilar jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
 

Inobat Ahatova, O‘zA

Поделиться