O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoda serjantlar forumi: poligonda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

2019-04-17 | Jamiyat

Termiz shahridagi harbiy qismlardan birida Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlari forumi bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlari, serjantlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashib, serjantlar tarkibining xizmat jarayonidagi ijtimoiy-maishiy va boshqa turdagi muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tadbirda Kichik komandirlarga milliy armiyamizni yanada isloh etish va rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablari hamda ustuvor vazifalarni mazmun mohiyatini yetkazish, bo‘linmada jangovar tayyorgarlik hisobini yuritish tartibi, shuningdek, jinoyatchilik va harbiy intizomni mustahkamlashda serjantlar tarkibining tutgan o‘rni va roli buyicha vazifalarini yetkazishga e’tibor qaratildi.

Tadbirning birinchi kunida turli mashg‘ulotlar, savol-javob tarzida uchrashuvlar o‘tkazilib, barcha qatnashchilarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Ikinchi kuni esa, kompyuterlashtirilgan trenajerlardan foydalangan holda otish mashqlari, psixologik chidamlilik to‘siqlarini yengib o‘tish, shaxsiy tarkib kundalik faoliyatini ta’minlash va omon kolish omillari bo‘yicha poligonda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Forum yakunida harbiy xizmatchilar madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.

Shuningdek, bu kabi Serjantlar forumi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida ham bo‘lib o‘tdi. Serjantlar xizmatining ahamiyati borasida so‘zlangan ma’ruzalar barchaga birdek ma’qul bo‘lgani shubhasiz.

Поделиться