O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxlik soliqchilar #kitobchellenj aksiyasida 700 dan ortiq kitobni maktablarga sovg‘a qilishdi

2019-04-16 | Jamiyat

Prezidentimiz raisligida joriy yil 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratilib, mavjud kutubxonalar ahvoli tanqidiy tahlil qilingan edi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz har bir rahbar o‘z shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bunday ezgu tashabbus kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishini ta'kidlagan edi.

Ushbu ezgu tashabbus doirasida Jizzax viloyatida soliq boshqarmasi va hududiy soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zlari taxsil olgan maktab kutubxonasiga 50 donadan kitob sovg‘a qildilar. Zafarobod tuman DSI rahbari vazifasini bajaruvchi O‘ktam Turdiev ham yoshlar o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotini yanada kuchaytirish maqsadida o‘zi o‘qigan tumandagi 1-son maktabiga 50 dona kitob sovg‘a qildi.

Поделиться