O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Arab kompaniyasi Oʻzbekistonda shamol elektr stansiyalarini quradi

2019-06-24 | Jamiyat

Arab investorlari Oʻzbekistonda umumiy quvvati 500 MVt. ga teng shamol elektr stansiyalarini quradi. Bu haqda davlat rahbarining tegishli qarori loyihasida koʻrsatib oʻtilgan.

Bu boradagi oʻzaro kelishuv joriy yil mart oyida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (Masdar nomi bilan mashhur) oʻrtasida imzolangan edi.

Maʼlumot uchun,muqobil energetika sohasidagi Masdar kompaniyasi Saudiya Arabistonidagi 400 MVt.li ilk shamol elektr stansiyasini barpo etish boʻyicha shu yil boshida oʻtkazilgan tenderda yutib chiqqan. Mazkur loyiha amalga oshirilsa, u Yaqin Sharqdagi eng yirik qurilmaga aylanadi.

Eʼtiborlisi, Masdar butun dunyo boʻylab qayta tiklanuvchi loyihalarga faol sarmoya kiritmoqda. Masalan, Yevropadagi eng yirik va Buyuk Britaniyada joylashgan London Arrey shamol elektr stansiyasi aksiyasining 20 foizi unga tegishlidir.

Oʻzbekiston tarafi bilan imzolangan bitimda shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish, boshqarish va foydalanishga topshirish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Hozircha mazkur qurilmalar qayerda barpo etilishi va ularning qiymati haqida xabar berilmagan.

Biroq arab kompaniyasi ushbu loyihani “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda oʻz mablagʻlari hamda investor tomonidan mustaqil jalb etgan kreditlari hisobiga bunyod etadi.

AQSHning 2018-yilda Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochgan White & Case huquqiy kompaniyasi esa loyihaga moliyaviy maslahatchi sifatida jalb qilinishi kutilyapti.

Поделиться