Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga “Sahih al-Buxoriy” asarining XI asrga oid qo‘lyozmasi foto nusxasi sovg‘a qilindi
Avval xabar berganimizdan, 21-22 iyun kunlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi.
Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda mazkur tashkilot bosh direktori, professor Xolit Eren ham ishtirok etdi.
Seminar doirasidagi “Xalqaro islom xattotligi ko‘rgazmasi” chog‘ida Xolit Eren Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga “Sahih al-Buxoriy” asarining XI asrga oid qo‘lyozmasi foto nusxasi hamda Sulton Abdulhamid tomonidan XIX asrda tayyorlangan Muqaddas Ka’ba va uning hududi aks etgan kitob albomini sovg‘a qildi.