O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston olima ayollarining ixtirolari Janubiy Koreyada Gran-priga munosib ko‘rildi

2019-06-24 | Jamiyat

Koreya Ixtirochi ayollari Assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 20 iyundan 25 iyunga qadar Janubiy Koreyada XII Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko‘rgazmasi – KIWIE 2019 o‘tkazilmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda. KIWIE 2019 ko‘rgazmasida 30 dan ziyod davlatdan 400 nafardan ortiq ixtirochi xotin-qiz texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashishmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 12 nafar iqtidorli xotin-qiz Janubiy Koreyada joriy yilning 20-23 iyun kunlari o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma va forumda qatnashish hamda 24-25 iyun kunlari Ixtirochi Ayollar Akademiyasida o‘tkaziladigan o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirishlari uchun yuborilgan edi.
 
XII Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko‘rgazmasi - KIWIE 2019 da ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari erishgan natijalari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini namoyish qilishdi. O‘zbekiston olima ayollarining ixtirolari xalqaro ekspertlar tomonidan o‘rganilib, yuqori baholandi.
 
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolaridan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, professor Karima Norqulovaning “Energiya tejamkor quritish qurilmasi” nomli ixtirosi KIWIE 2019ning texnika-texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sovrin – Gran-pri sohibasi hamda “Sky Beauty” kompaniyasi rahbari Nazokat Abdullaeva tomonidan yaratilgan “Zaytun yog‘i asosida ishlab chiqilgan organik sovun” kosmetika yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sovrin – Gran-pri sohibi bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medallarini ham qo‘lga kiritishdi.
 
O‘zbekiston Xotin-kizlar qumitasi tomonidan yuborilgan ixtirochi ayollar degatsiyasining Janubiy Koreyadagi tashrifi davom etmoqda.

Поделиться