O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kutubxonaga xorijiy adabiyotlar olib kelinadi

2019-06-25 | Jamiyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondiga 758 nomdagi jami 2512 ta adabiyot olib kelinadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha Hukumat qarori qabul (519-son, 24.06.2019 y.) qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qilmoqda.
 
Qarorga muvofiq, 2019 yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondiga 758 nomdagi jami 2512 ta adabiyot olib kelinadi. 
 
Shunga ko‘ra, qaror bilan ilmiy-tadqiqot markazi kutubxona fondiga xorijiy adabiyotlarni olib kelish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.
 
Mazkur adabiyotlarni olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Hukumat huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi tomonidan qoplanadi.

Поделиться