O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi davom etmoqda

2019-06-25 | Jamiyat

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan kasaba uyushmalari yoshlarining “TEMP – 2019” Toshkent xalqaro forumi davom etmoqda.

Bugun “Mamlakatni ijtimoiy rivojlantirishda kasaba uyushmalari yoshlarining o‘rni: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
 
Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboev, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Q.Rafiqov va boshqalar O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishi, ularning bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etayotganini ta’kidladi. 
 
Xalqaro konferensiya davomida ishtirokchilar mamlakatimiz kasaba uyushmalarining barcha bo‘g‘inlarida yoshlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Поделиться