O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy gvardiya uchun harbiy vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul qachon va qanday boʻladi?

2019-06-26 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab, uning saflariga maʼnan boy, qadriyatlarimizga anʼana va urf-odatlarimizga sodiq, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli boʻlgan yoshlarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi qisqa vaqt ichida oʻzining faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlash bilan bir qatorda saflarida har qanday sharoitda jamoat tartibi va aholining xavfsizligini himoya qilishga qodir boʻlgan kadrlar bilan toʻldirishning yangicha, yaʼni uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimini ham yoʻlga qoʻyishga ulgurdi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi safini toʻldirish uchun yoshlarni umumiy oʻrta taʼlim maktabidan boshlab harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda respublikamizning har bir viloyatida 4 tadan, umumiy hisobda 56 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Milliy gvardiya tizimi uchun kadrlarni uzliksiz va maqsadli tayyorlaydigan harbiy vatanparvarlik yoʻnalishiga ishtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur maktab bitiruvchilari kelgusida Milliy gvardiya idoraviy akademik litseylarida, yaʼni Temurbeklar maktabida. keyinchalik esa Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida yoki republikamizdagi boshqa oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishi va kelajakda oʻqishni bitirgan ofitserlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saflarini toʻldirishi rejalashtirilgan.

Respublika boʻyicha har bir harbiy vatanparvarlikka yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 26 nafardan oʻquvchi oʻqishga qabul qilinishini inobatga oladigan boʻlsak, 56 ta ixtisoslashtirilgan sinflarga jami 1456 nafar oʻquvchi har yili qabul qilinadi.

2018/2019 oʻquv yili uchun ixtisoslashtirilgan sinflarning 
7-sinfiga qabul qilingan 1456 nafar oʻquvchilar 7-sinfni muvaffaqiyatli tamomlab, yozgi taʼtilga chiqarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Milliy gvardiya qoʻmondonligining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflariga 2019/2020 oʻquv yili uchun navbatdagi qabul eʼlon qilindi.
Ixtisoslashtirilgan sinflarga kimlar qabul qilinadi? Ixtisoslashtirilgan sinflarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib oʻqitish belgilangan oʻquv fanlaridan muayyan qobiliyatini koʻrsata olgan oʻquvchilar tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.

Oʻqishga topshirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori nomiga ariza;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;
psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) boʻyicha tibbiy maʼlumotnomalar;
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
fanlarni oʻzlashtirishi toʻgʻrisida oʻqish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
oʻqish joyidan tavsifnoma;
mahalla fuqarolar yigʻinidan tavsifnoma va maʼlumotnoma;
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining isteʼdod va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan namunalar (agar ular mavjud boʻlsa).
Hujjatlarning topshirilishi vaqti: Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar 1-20-iyul kunlari ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan sinovlar oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Imtihonlar qachon va qaysi fanlardan boʻlib oʻtadi? Ixtisoslashtirilgan sinflarga tanlov 5-20-avgust kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.

Hujjatlarini topshirgan oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun qabul komissiyasi tomonidan maslahatlar berib boriladi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan test hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi va oʻtkaziladi.

Test sinovlari umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlari doirasida umumiy oʻrta maktabida taʼlim olib boriladigan tilda oʻtkaziladi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga kirish uchun test sinovlari 60 daqiqa, jismoniy tayyorgarlik sinovlari 120 daqiqa davom etadi.

Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqa davomida tushuntirish ishlari oʻtkaziladigan vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.

Ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul uchun taʼlim sohalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan 5-6-sinflar oʻquv dasturlari asosida tarix fanidan – 20 ta, chet tili fanidan – 10 ta test savoli beriladi. Har bir test savoli 2 balldan baholanadi.

Oʻquvchilar komissiya tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida test sinovlariga kiritiladi.

Oʻquvchilarga tanlov oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan faqat ruchka 
va toza daftar olib kirishlariga ruxsat etiladi.

Jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinov umumiy oʻrta taʼlimning 
6-sinflar oʻquv dasturi asosida 5 ta mashqdan tashkil etiladi va umumiy 
40 ball bilan baholanadi.

Test va jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan oʻquvchilar orasidan ballar yigʻindisi boʻyicha ketma-ketlikda kamayish tartibida 
26 nafari qabul qilinadi.

Tanlovga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi.

Oʻquvchilarning tanlovdagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:

6-sinf reyting ballari boʻyicha koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan bolalar;
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
kam taʼminlangan oilalarning farzandlari.
Nomzodlarning koʻrsatkichlari teng boʻlib qolganda bittadan tarix, chet tili va jismoniy tayyorgarlikdan qoʻshimcha sinov oʻtkazilishi mumkin.

Imtihon javoblari qachon eʼlon qilinadi? Tanlovning yakuniy natijalari 5 kun ichida komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.

Tanlovni oʻtkazish jarayonidan norozi boʻlgan oʻquvchilar 
va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq murojaat etishlari mumkin.

Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 25-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi.

Qaysi maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar mavjud? Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan sinflar respublikamizning har bir viloyatida 4 tadan boʻlib, ular viloyatlar boʻyicha quyidagi maktablarda tashkil etilgan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha Nukus shahridagi 44-, Xoʻjayli tumanidagi 15-, Chimbay tumanidagi 36-, Toʻrtkoʻl tumanidagi 18-sonli maktablarda;

Toshkent shahri boʻyicha Yunusobod tumanidagi 58-, Olmazor tumanidagi 326-, Yakkasaroy tumanidagi 172-, Yashnobod tumanidagi 161-sonli maktablarda;

Toshkent viloyati boʻyicha Bekobod shahridagi 9-, Oqqoʻrgʻon tumanidagi 49-, Chirchiq shahridagi 10-, Parkent tumanidagi 5- sonli maktablarda;

Andijon viloyati boʻyicha Andijon shahridagi 35-, Jalolquduq tumanidagi 49-, Boʻz tumanidagi 48-, Xoʻjabod tumanidagi 23-sonli maktablarda

Fargʻona viloyati boʻyicha Qoʻqon shahridagi 33-, Beshariq tumanidagi 15-, Fargʻona shahridagi 6-, Oltiariq tumanidagi 14-sonli maktablarda;

Namangan viloyati boʻyicha Namangan shahridagi 58-, Uchqoʻrgʻon tumanidagi 6-, Chortoq tumanidagi 5-, Pop tumanidagi 11-sonli maktablarda;

Sirdaryo viloyati boʻyicha Guliston shahridagi 16-, Guliston tumanidagi 27-, Sayxunobod tumanidagi 41-, Xavas tumanidagi 1-sonli maktablarda;

Jizzax viloyati boʻyicha Arnasoy tumanidagi 22-, Baxmal tumanidagi 78-, Zomin tumanidagi 60-, Jizzax shahridagi 22-sonli maktablarda;

Samarqand viloyati boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 11-, Oqdaryo tumani 45-, Samarqand shahridagi 1-, Samarqand shahridagi 43-sonli maktablarda;

Navoiy viloyati boʻyicha Navoiy shahridagi 1-, Zarafshon shahridagi 1-, Karmana tumanidagi 10-, Xatirchi tumanidagi 1-sonli maktablarda;

Buxoro viloyati boʻyicha Buxoro shahridagi 35-, Kogon tumanidagi 9-, Qorovulbozor shahridagi 1-, Qorakoʻl tumanidagi 15-sonli maktablarda;

Xorazm viloyati boʻyicha Urganch shahridagi 24-, Gurlan tumanidagi 42-, Yangiariq tumanidagi 37-, Shovot tumanidagi 53-sonli maktablar;

Qashqadaryo viloyati boʻyicha Qarshi shahridagi 45-, Shahrisabz shahridagi 2-, Nishon tumanidagi 35-, Gʻuzor tumanidagi 53-sonli maktablarda;

Surxondaryo viloyati boʻyicha Termiz shahridagi 9-, Oltinsoy tumanidagi 2-, Uzun tumanidagi 4-, Muzrabod tumanidagi 8-sonli maktablarda

podpolkovnik Qambarali Azizov,

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy kadrlarni tayyorlash boʻlimi katta ofitseri

Поделиться