O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida qo’lyozmalarni muhofaza qilishga doir seminar o’tkazildi

2019-06-25 | Jamiyat

Samarqandda Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish Markazi (IRCICA) tashkiloti hamkorligida “O‘zbekistondagi qo‘lyozma fondlari: muhofaza qilish, kataloglashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy va o‘quv seminari tashkil etildi, shu bilan birga, tadbir doirasida “Xalqaro islom xattotligi ko‘rgazmasi” o‘tkazildi.

Ushbu xalqaro anjumanning Imom Al-Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘tkazilishi bejiz emas, buyuk muhaddis olim Imom Buxoriyning muborak nomlari bilan ataluvchi markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oya va tashabbusi asosida bunyod etilib, qisqa fursatlarda xalqimiz va butun islom olami uchun ma’naviyat-ma’rifat maskaniga aylanib ulgurdi.

Prezident 2019-yil 11-yanvar kungi tashrifi chog‘ida markazda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, bu markaz Imom Al-Buxoriy merosini tadqiq etish, bashariyatni ilm, e’tiqod va taraqqiyotga chorlashda dunyodagi ma’rifat maskanlarining “yuragi” bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan edi.

Поделиться