O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar

Velosportchilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqada oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

07.03.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Turkiyadan yana bir xushxabar. Velosportchilarmiz “Grand Prix Mediterranien” musobaqasida ishtirok etib, oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Tennischilarimiz Devis kubogidagi ishtiroklarini boshlashmoqda

04.03.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati Devis kubogining saralash bosqichiga start beriladi. Ma'lum qilganimizdek, ushbu bosqichda O'zbekiston terma jamoasi Turkiyani qabul qiladi.

BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirishda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muzokaralar olib borildi

03.03.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

AKT vazirligi delegatsiyasining Butunjahon mobil kongressida ishtirok etishi doirasida AKT vaziri Sh.Shermatov “Rohde & Schwarz” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Eronga jo‘nab ketishdi

02.03.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Eronda taekvondo bo‘yicha xalqaro musobaqalar “seriyasi” boshlanmoqda. Ushbu turnirlarda ishtirok etadigan jamoamiz bugun tongda Eronga yo‘l oldi.

Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

02.03.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Ispaniya Qirolligida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Telekommunikatsiyalarni rivojlantirish byurosi direktori Dorin Bogdan Martin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

AKT vazirligi rahbariyati “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida ishtirok etmoqda

02.03.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Barselona (Ispaniya Qirolligi) shahrida joriy yilning 28-fevral - 3-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida ishtirok etmoqda.

“Uzbekistan global tour 2022”ga start berildi

01.03.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Har yili ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Uzbekistan global tour” musobaqasining bu yilgi bahslariga start berildi. Musobaqada uzoq tanaffusdan so‘ng bellashuvlarni sog‘ingan yurtimizning eng sara chavandozlari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

“Stranja” qahramonlari Vatanga qaytishdi

01.03.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bolgariyaning Sofiya shahrida "kichik jahon chempionati" sifatida e’tirof etiladigan "Stranja" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan bokschilarimiz bugun tunda O‘zbekistonga qaytib kelishdi.

O‘zbekistonlik kriketchilar Pokistonda

28.02.2022SportManba: O'zA

Joriy yilning 27-fevraldan 5-martgacha Islomoboddagi “Pindi” stadionida O‘zbekiston va Pokiston davlatlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi.

Pekinda ta’lim sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy aloqalari muhokama qilindi

28.02.2022Ta’limManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida “Beijing Silk Road Culture Development” kompaniyasi rahbari Szan Xun’yan bilan mamlakatimiz ta’lim tizimiga investitsiyalar jalb etish, soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishidagi hamkorlik yuzasidan muzokara o‘tkazildi.

IT Park rezidenti Epam Systems kompaniyasi tomonidan Xorazm yoshlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi

28.02.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Urganch shahridagi IT Park filialida Epam Systems halqaro IT kompaniyasi vakillari tomonidan yoshlar uchun “Qanday qilib yuqori haq to‘lanadigan kasbni egallash kerak” yoki “IT ga qanday kirish kerak” mavzularida seminar o‘tkazildi.

AKT vaziri IT Park rezidenti bo‘lgan “IMPACTT” texnologik xabga tashrif buyurdi

28.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning yanvar oyida ochilgan IT Park rezidenti boʻlgan “IMPACTT” texnologik xabga bordi.

O'zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlariga seminar o'tkazildi

25.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari «Yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi» mavzusida seminar-trening o'tkazdilar. Trening onlayn shaklda tashkil etilgan bo'lib, unda O'zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallaridan 30 nafardan ortiq ilmiy xodimlar va mutaxassislar qatnashdilar.

Yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilishda va malakali IT mutaxassislarni tayyorlashda IT Park rezidentlari bo'lgan o‘quv markazlari bilan samarali hamkorlik olib borish zarur

25.02.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Nukus shahridagi IT Park rezidentlari  “Texnopos IT mektebi” va “Data Life” IT o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishdi.

Boʻlajak innovatorlar omma oldida nutq soʻzlash mahoratini egallamoqdalar

25.02.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida 21–25-fevral kunlari boʻlib oʻtayotgan Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarining olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasi doirasida navbatdagi biznes amaliy trening boʻlib oʻtdi.

Tel-Aviv “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng dzyudochilarning yangi reytingi e’lon qilindi

24.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Tel-Aviv “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng dzyudochilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Kutilganidek, musobaqada -73 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan Obidxon No‘monov katta o‘sishga erishdi. 

Mo‘ynoqda BPO-school tashkil qilindi

24.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Mo‘ynoq tumanida tashkil etilgan BPO-school faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Vazir o‘rinbosari Sodiqjon Turdiev Qoraqalpog‘iston mahallalaridagi sharoitlarni o‘rganmoqda

23.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Vazir o‘rinbosari Sodiqjon Turdiev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Muynoq tumani va Nukus shahrida vazirlikning mas'ul xodimlari bilan birgalikda Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Yosh stol tennischimiz Belgiyadagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi

21.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

14-20 fevral kunlari Belgiyaning Spa shahrida stol tennisi bo‘yicha turli yosh toifalarida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Asel Erkebayeva U-13 toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Xie-Xie Beijing!

21.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Murakkab epidemiologik vaziyat bo‘lishiga qaramay, Xitoy hukumati ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil qilishga muvaffaq bo‘ldi.