O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Velosportchilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqada oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

2022-03-07 | Sport

Turkiyadan yana bir xushxabar. Velosportchilarmiz “Grand Prix Mediterranien” musobaqasida ishtirok etib, oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Turkiya yig‘ini doirasida navbatdagi musobaqa ayollar o‘rtasida tashkil etildi. Unda hamyurtimiz Yanina Kuskova start olgan 76 sportchilar orasida marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Ushbu g‘alaba sportchimizga Xalqaro velosportchilar ittifoqidagi (UCI) reyting uchun 40 ochko taqdim qiladi. Shuningdek, yana bir yosh umidli vakilimiz Anna Kulikova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Kulikova esa reytingdagi ochkolari sonini 25 taga ko‘paytirib olmoqda.

Hamyurtlarimizning yuqori natijasi bu bilan yakunlanmadi. Kuchli beshlikdan joy olgan Yaninaning singlisi Anna Kuskova reyting uchun yana 5 ochko jamg‘arib qo‘ydi. Shu tariqa, terma jamoamizning UCI reytingidagi ochkolari 70 taga yetdi.

Terma jamoamizning Turkiyadagi yig‘ini 22-martga qadar davom etadi. Bunday yuqori tayyorgarlikdan so‘ng jamoamizni Tojikistonda o‘tadigan shossedagi Osiyo chempionati kutib turibdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться